Eng arzon narxlar va yonayotgan turlar avvalo Telegram kanalimizda joylanadi! Obuna bo'lish

Malayziyaga sayohat

Bizni tanlash uchun 5 sabab

Malayziyaga sayohat

Bizni tanlash uchun 5 sabab
Narxlar 1 kishi uchun 2 kishilik xonada ko'rsatilgan Narxlar 1 kishi uchun
2 kishilik xonada ko'rsatilgan
Sayohatlar soni: 0
Malayziyaga hozirda mavjud sayohat narxlarini quyidagi kontaktlardan bilib oling.
Malayziya: Bilish kerak
  • Poytaxti: Kuala Lumpur
  • Viza: Talab qilinmaydi (30 kungacha)
  • Pul birligi: Ringgit
  • Mahalliy vaqt: 12:06
  • Kurortlari: Langkavi, Kuala Lumpur

Malayziyaga sayohat haqida

Malayziyaga sayohat
Malayziyaga sayohat

Go'zal tabiat va toza plyajlar - bu Malayziyaga sayohatga chiqishdan oldin bilib olishingiz mumkin bo'lgan yagona narsa emas. Zamonaviy poytaxt - bu har qanday ta'b uchun ko'ngilochar va diqqatga sazovor joylar ummoni, va yana, bojsiz hududdagi ajoyib xaridlar. Yaxshi rivojlangan infratuzilmaga ega dam olish maskanlari esa turli xil daromad va talablar uchun dam olishni taklif qiladi.

Oilaviy xordiq, salomatlik, juftlar uchun romantik sayohat, qiziqarli yoshlar kompaniyalari uchun sayohatlar va faol dam olish kunlari. Bularning barchasi, Malayziyaning dam olish maskanlarida. Keling va asl ko'chalarning unutilmas muhitiga sho'ng'ing, mazali ekzotik taomlarni tatib ko'ring. Eng muhimi esa - bir marta ko'rgan yoki o'qigan joylarga tashrif buyurish. O'zingizni sarguzasht va gavjum hayot markazida his eting yoki hashamatli mehmonxonalarda dam oling. Bularning barchasi Malayziyada.

Muhim!! Malayziyada dam olish uchun O‘zbekiston fuqarolaridan viza talab qilinmaydi, bu juda qulay. Agar siz mamlakatda 30 kungacha vaqt o'tkazmoqchi bo'lsangiz, viza talab qilinmaydi.

Malayziyaning mashhur dam olish maskanlari

Sayyohlar uchun Malayziyaning barcha joylari - ajoyib dengiz va plyajlar, betakror qirg'oqbo'yi qumlari, atrofdagi go'zal manzaralar. Dam olish maskanini tanlash, shaxsiy imtiyoz va dam olish talablariga asoslanishi kerak. Chunki, masalan, katta yoshdagi sayyohlar uchun tinch bo'lgan joy yoshlar uchun zerikishi mumkin.

Langkavi

Oilaviy ta'til va sohilda tinch yotish uchun juda yaxshi. Spa muolajalari va diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish bilan birlashtirilishi mumkin. Bu yerda minerallar bilan maxsus shifobaxsh qum, shuningdek, qora qum ko'p.

Penang

Sevishganlar va yangi turmush qurganlar uchun juda mos. Va shunchaki faqat his-tuyg'ularini yangilashni istaganlar uchun ham. Bu yerda romantika va ko'plab kafelar mavjud, qadimiy ko'chalar zamonaviy tungi klublar bilan chambarchas bog'langan.

Pangkop

Bu orol sayyohlarni o'zining inson qadami tegmagan tabiatning go'zalligi bilan hayratga soladi. Bu yerda ekoturizm rivojlangan, koʻplab suv ostiga sho'ng'uvchi ishqibozlar keladi. Sohilda esa sizni qulay restoranlar eng mazali va yangi dengiz mahsulotlari bilan kutadi. Ular sizning oldingizda ovlanadi va pishiriladi.

Borneo

Tarix, madaniyat va qadimiylikni sevuvchilarni o'ziga tortadigan yana bir orol dam olish maskani. Orolda Malayziyaning ko'plab diqqatga sazovor joylari joylashgan. Shuningdek, jurnaldagi rasm yoki mashhur sayohat bloggerlarining fotosuratlaridagi kabi tabiat ham shu yerda.

Malayziyaning diqqatga sazovor joylari: nimalarni tomosha qilish mumkin?

Langkaviga sayohat
Langkaviga sayohat

Kuala-Lumpur

Malayziya davlatining ajoyib poytaxtiga hech bo'lmaganda 1-2 kun tashrif buyurishga arziydi. Bu yerda yuqori zamonaviy texnologiyalar tarixiy o‘tmish bilan birga uyg'unlikda yashaydi. Milliy uslubdagi rang-barang binolar, dunyodagi eng baland egizak osmono'par binolar.

Legoland Malaysia

Zamonaviy istirohat bog'i nafaqat bolalarga yoqadi. Barcha diqqatga sazovor joylar va turli tematik hududlar Lego elementlari sifatida stilize uslublashtirilgan.

Osma yo'l

Agar siz Langkavida to'xtagan bo'lsangiz, shaffof polli kabinada bosh aylantiruvchi manzaralar ustidan sayohat qilishni unutmang. Shu bilan birga ekstremal, ko'plab taassurotlar, qush parvozi balandligidagi ajoyib fotosuratlar va hududning ko'rinishini ham.

Santunbong baliqchilar qishlog'i va Penang Peranakan muzeyi

Tarix ixlosmandlariga yoqadi. Bu yerda siz mahalliy aholining an'anaviy turmush tarziga "qo'l tekkizib ko'rishingiz" mumkin. Turli madaniy davrlar hayotini o'z ko'zingiz bilan ko'rishingiz va vaqt mashinasida yurgandek his etishingiz mumkin.

Orangutanlar qo'riqxonasi va bako milliy bog'i

Safarilar va milliy bog'larga tashrif buyurishni yaxshi ko'radiganlar uchun. 1-2 kunlik sayohat Malayziya tabiati bilan yaqinroq tanishishga yordam beradi. Faqat shu yerda topilgan hayratlanarli va noyob hayvonlarni qo'l uzunligi masofasidan tomosha qilish mumkin.

Mahalliy qarash va urf-odatlar

Malayziya aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil qiladi. Va albatta bu erdagi rasmiy din Islomdir. U hayot va madaniyatda o'z izini qoldiradi. Shunday bo'lsa ham u yerda buddistlar va nasroniylar ham ko'p.

Ko'pchilik ingliz tilida gaplashadi va mahalliy madaniyatni hurmat qilsangiz, ular sizga do'stona munosabatda bo'lishadi. Katta shaharlarda ko'chada pul va hujjatlarning xavfsizligi haqida g'amxo'rlik qilish yaxshiroq. Dam olish maskanlari xavfsizroq.

Malayziyadagi taom unchalik achchiq emas, ta’mi bilan farq qiladi. Shirin va nordon taomlar ko'p, dengiz mahsulotlari, noodatiy ziravorlar va qaylalar. Milliy taomlarni albatta tatib ko'rishga arziydi. Bundan tashqari, Malayziyada ko'plab Xitoy va Hindistonning ovqatlanish muassasalari ko'pz. Bunday kichik qahvaxonalarda taom chindan ham haqiqiy, xushxo'r, mazali va juda hamyonbop.

Iqlimi ekvatorial, yil davomida issiq. Shuning uchun ham tabiiy materiallardan tayyorlangan qulay poyabzal va qulay kiyimlarni tanlagan ma'qul. Agar siz katta shaharga bormoqchi bo'lsangiz, ekskursiyalar va ibodatxonalarda tananing barcha qismlarini yopish kerak. Ayollarga uzun yubka va yengil ro'mol kiyish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, o'zingiz bilan yengil kurtka olishingiz kerak: barcha do'konlar va jamoat joylarida konditsionerlar mavjud.

Malayziyaga qachon borgan ma'qul?

Bu mamlakatda yomg'irli mavsum bo'lishiga qaramay, butun yil davomida u yerda dam olish mumkin. Yilning turli vaqtlarida shtatning turli qismlarida yog'ingarchilik yog'adi. Shunga asoslanib, ma'lum bir qismdagi dam olish maskanini tanlang. Masalan:

  • Sharqiy qirg'oq yozda ta'tilga chiqqanlar uchun juda yaxshi tanlov bo'ladi. Maydan sentyabrgacha bu yerda yog'ingarchilik kam bo'ladi.
  • Sovuq mavsumda ta'tilga chiqmoqchi bo'lsangiz - mamlakatning g'arbiy qismidagi dam olish maskanlarini tanlang. Quruq mavsum, bu yerda sentyabrdan martgacha davom etadi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlar biz bilan kommunikatsiya uchun juda qulay usul. Biz Sizning har bir xabar, har bir kommentariyni diqqat bilan o‘qiymiz. Va bizga Sizning fikringiz juda muhim.

Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling va o‘z fikringiz bilan ulashing. Bu bilan siz bizni yana-da yaxshi bo‘lishimizga yordam berasiz.

Mijozlarimiz biz haqimizda