Eng arzon narxlar va yonayotgan turlar avvalo Telegram kanalimizda joylanadi! Obuna bo'lish

Umra safari 2024

Bizni tanlash uchun 5 sabab

Umra safari 2024

Bizni tanlash uchun 5 sabab

Umra safari narxlari 2024

1050$

  • Ekonom
  • Aviakompaniya: Centrum Air
  • Davomiyligi: 7 kun
  • Ovqatlanish: 2 mahal
  • Viza: Kiritilgan
  • Tibbiy yordam: 24/7
  • Tajribali va oliy ma'lumotli Ellikboshi
  • 5 litr Zam-Zam suv
  • Jilet
  • Sumka va nishon

1100$

  • Komfort
  • Aviakompaniya: Centrum Air
  • Davomiyligi: 7 kun
  • Ovqatlanish: 2 mahal
  • Viza: Kiritilgan
  • Tibbiy yordam: 24/7
  • Tajribali va oliy ma'lumotli Ellikboshi
  • 5 litr Zam-Zam suv
  • Jilet
  • Sumka va nishon

1650$

  • Lyuks
  • Aviakompaniya: Centrum Air
  • Davomiyligi: 7 kun
  • Ovqatlanish: 2 mahal
  • Viza: Kiritilgan
  • Tibbiy yordam: 24/7
  • Tajribali va oliy ma'lumotli Ellikboshi
  • 5 litr Zam-Zam suv
  • Jilet
  • Sumka va nishon

Umra qanday ibodat?

Umra safari 2024
Umra safari 2024

Bismillahir Roxmanir Roxiym.

Umra ibodatining insonlar uchun diniy, dunyoviy, tarbiyaviy manfaatlari juda ko'p. Umra ibodati deganda Allohning baytini ziyorat qilish tushuniladi. Inson umrida loaqal bir marotaba Umra ibodatini bajarishi sunnati muakkada amallardan hisoblanadi. Umra safaridan maqsad - Haj safarini oldindan o'rganish, malakani oshirishdir. Xadislarda keltirilishicha, ikki Umra orasida qilingan gunoxlar kechirilishiga kafforatdir deyiladi.

Umra safariga borganlar Madina shahridagi Masjidun Nabaviyni ham ziyorat qiladilar. U yerga Payg'ambarimiz Muhammad S.A.Vning muborak jasadlari ko'yilgan. Masjidga kirgan inson yashil gumbazli Payg'ambarimiz maqbaralariga ko'zi tushgan zaxoti Payg'ambarimizga salom va salovatlar aytishlari lozim.

Payg'ambarimiz uylari bilan minbarlari orasida "Ravza" deb atalmish bir makon bor-ki, u makon Jannat bog'laridan bir bog'dir. U yerda namoz o'qib, Allohdan Payg'ambarimiz shafoatlariga noil qilishini so'raladi.

Masjidun Nabaviyda o'qilgan namozning bir rak"atiga ming rak"at namoz savobi beriladi, in shaa Alloh! Masjidun Nabaviyda salom va salovatlarni ko'p aytish, namoz bilan mashg'ul bo'lish, Qur'on tilovatlari, sadaqa va exsonlar qilishda bag'ri keng bo'lish lozim.

Madinada bo'lgan inson Payg'ambarimiz xulqlari bilan xulqlanishni, Qur'onga mehr qo'yishni, ibodatlarni mukammal bajarishni, insonlarga mehr-oqibatli bo'lishni o'rganadi.

Umra safariga qachon borsa bo'ladi?

Umra safari narxlari 2024
Umra safari narxlari 2024

Umra ziyoratiga yil davomida borish mumkin. Ramazon oyining Qadr kechalarida bajarilgan Umra ibodatlarining savobi yetmish barobar ko'paytirilib beriladi. Ramazon Umrasi - mukammal bajarilgan Xaj ibodatiga teng deyiladi.

Umra ziyorati va Haj ziyorati farqlari qanday?

Umra amali bn Haj amalining farqlaridan biri shunda-ki, Umra amali yilning istalgan vaqtida bajariladi. Umraning amallari yengil:

Ka'bani tavof qilish, maqomi Ibrohimda ikki rak'at namoz o'qish, to'yib-to'yib Zam-zam suvidan ichish, Safo va Marva tog'lari oralig'ida sa'y qilish, sa'ydan so'ng ikki rak'at namoz o'qish, soch oldirish yoki qisqartirish bilan Umra amali bajarilgan hisoblanadi. Bu ibodatlarni qisqa vaqt ichida bajarib olish mumkin. Umra ibodatining Hajga nisbatan amallari yengil bo'lgani uchun, "Kichik Haj" deb ataladi.

Hajning esa murakkab amallari mavjud. Bu amallarni mukammal bajarish uchun, Umra amaliga yetadigan vaqt kifoya qilmaydi. Ya'ni Haj - muayyan belgilangan vaqtda, ma'lum makonda, maxsus ibodatlarni niyat qilib, ado etish bilan bajariladi. Muayyan vaqtda, ya'ni Haj - Haj bo'lmog'i uchun, aynan Zulhijja oyining 9-kuni, ya'ni Arafa kuni bo'lmoqligi kerak. Arafa kunidan boshqa kun bu kunning o'rnini bosolmaydi.

Muzdalifada turish, Minoda turish, shaytonga tosh otish, Tavofi ifoza qilish, qurbonlik so'yish kabi ibodatlar ham belgilangan vaqtlardagina bajariladi.

Ma'lum makonda, ya'ni Makkai Mukarrama, Harami Sharif, Mino, Arofat, Muzdalifa kabi Muqaddas joylarda maxsus ibodatlarni ado etish uchun mana shu joylardagina bajarilishi lozim. Boshqa joylarda bu ibodatlar bajarilmaydi. Bordi-yu bajarilsa ham, Haj o'rniga o'tmaydi.

Ma'lum ibodatlar deganda, Ka'bai Muazzamaning tavofi, Safo va Marva tepalari oralig'idagi sa'y, Arofatdagi uqu, Muzdalifada turish, Minoda ma'lum kunlar turish, shaytonga tosh otish kabi ibodatlar kiradi. Mana shu ibodatlarning vaqtini, makonini, amalini o'z o'rniga qo'yib, shariat asosida bajarilishi "Haj" deb ataladi.

Haj amali-faqatgina Haj ibodatida bajariladigan maxsus amallari bilan Umra amalidan farqlanib turadi. Haj ibodati Islom dinining besh ruknidan biri hisoblanadi.

Yana bir Umra va Haj amallari urtasidagi farq, Umra ziyorati sunnati muakkada amaldir. Haj ibodati esa, qodir bo'lgan odamlarga, Alloh uchun Baytullohni haj qilish farz amalidir.

Umra safari narxlari 2024

Umra ziyorati 2024
Umra ziyorati 2024

Umra safarining narxlari muntazam bir narxda bo'lolmaydi. Buning sabablari ko'p.

Masalan, hadislarda "Ramazon oyidagi Umraning savobi - Haj ibodatining savobiga teng" deyilgani sababli bu oyda ziyoratchilarning Umraga borish talablari oshadi va narxlar ko'tarilishiga sabab bo'ladi.

Mehmonxonalarning Haramga uzoq-yaqin joylashishi, shart-sharoitlari xilma-xil bo'lishi ham narxning turlicha bo'lishida katta ahamiyatga ega. Mehmonxonaning Masjidul Haramga yaqin joyda joylashishi, ichki sharoitlarining a'lo darajada bo'lishi, ziyoratchilarning mashaqqatsiz tunu-kun Haramga piyoda qatnashlari kabi qulayliklar narxlarning yuqori bo'lishining asosiy sabablaridan biri xisoblanadi.

Yana sabablardan biri, ziyoratchilar uchun turli sayoxatlar uyushtirilishidir.

Bundan tashqari Umra safarining necha kun davom etishiga qarab narxlar o'zgaradi. Masalan ziyoratga 10 kunga boruvchilar uchun narxlar arzonroq bo'lsa, 14-16 kunga boruvchilar uchun narxlar qimmatroq bo'lishi tabiiy xol.

Yana bir toifa insonlar bor-ki, "Umra ziyoratiga borganda mashaqqatlari bo'lishi oddiy xol, Payg'ambarimiz sallollohu 'alayhi vasallam Umra va Haj ziyoratlariga mashaqqatlar bilan borganlar" deya e'tiqod qiladilar. Bunday ziyoratchilar Haramdan uzoqroq masofada bo'lgan, sharoitlari oddiyroq, narxlari bir-muncha arzonroq mehmonxonalarda joylashishlari mumkin.

Yana narxlarga ta'sirini o'tkazadigan bir vosita - Saudiya Arabistoni iqlim jixatidan issiq o'lka ekani. Buni xisobga olgan ziyoratchilar sog'liqlari tufayli ziyoratlarini o'zlariga qulay bo'lgan salqin vaqtlarga qoldiradilar va buning sababida narxlar bir oz arzonlashadi.

Xullas ziyoratni tashkillashtiruvchi turistik kompaniyar ziyoratchilarning xolatlari, talab-xoxishlari, moddiy-moliyaviy sharoitlarini xisobga olgan xolda, Saudiya Arabistoni xamkor kompaniyari bilan kelishuv asosida, turli narxlarda ziyoratlar uyushtiradilar. Ziyoratchilar uchun qulay bo'lgan, o'z sharoitlaridan kelib chiqqan xolda arzon yoki qimmat bo'lgan yo'llanmalar bilan ziyoratga borish imkonini yaratadilar.

Bizning ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlar biz bilan kommunikatsiya uchun juda qulay usul. Biz Sizning har bir xabar, har bir kommentariyni diqqat bilan o‘qiymiz. Va bizga Sizning fikringiz juda muhim.

Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling va o‘z fikringiz bilan ulashing. Bu bilan siz bizni yana-da yaxshi bo‘lishimizga yordam berasiz.

Mijozlarimiz biz haqimizda